Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov basketbol, golf va tennis o‘ynayotgani tasvirlangan video tarqaldi.

Videoda Islom Karimov oq ko‘ylak va galstukda basketbol savatini to‘g‘ri mo‘ljalga olgani, golf maydonida zarbalar amalga oshirgan hamda tennis o‘ynagani tasvirlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu lavhalar 2000-yillar boshida to‘liq ta’mirdan chiqarilgan “Yoshlik” (sobiq “Start”) sport majmuasida olingan.