Daryo

Chorvoqda skuterlar va motorli qayiqlardan foydalanish taqiqlanadi

Shuningdek, Chirchiq daryosi va uning irmoqlari bo‘yida suzish, avtoulovlarni yuvish va maishiy chiqindilarni tashlash taqiqlanadi

1 daqiqa o‘qish98 386 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Chorvoq.uz

Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida skuterlar va motorli qayiqlardan foydalanish taqiqlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining pandemiyadan keyin turizmni tiklashga qaratilgan qarorida belgilab qo‘yildi.

Foto: “Chorvoq.uz”

Taqiq motorli bo‘lmagan qayiqlarga, muqobil energiya manbalari orqali harakatlanuvchi suv transportiga, maxsus motorli qayiqlarga, vazirliklar va idoralarning vakolatli suv transportlariga taalluqli emas.

Bundan tashqari, Chirchiq daryosi va uning irmoqlari bo‘yida suzish, avtoulovlarni yuvish va maishiy chiqindilarni tashlash taqiqlanadi. Faqatgina maxsus ajratilgan joylar bundan mustasno.

Qarorda, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 19-iyundagi qaroriga muvofiq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida Xavfsiz turizm jamg‘armasi tashkil etilganligi ma’lum qilingan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar