Daryo

Qozog‘istonda yuz bergan yer silkinishi kuchi Toshkentda sezildi

Zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 59 kilometr shimoliy-sharqiy yo‘nalishda joylashgan

1 daqiqa o‘qish63 960 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Depositphotos

Toshkent vaqti bilan 4-avgust kuni soat 02:59 da Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Foto: Depositphotos

Zilzila 41,7 daraja shimoliy kenglik va 69,62 daraja sharqiy uzunlikda yuz bergan. Yer silkinishi 10 kilometr chuqurlikda yuz bergan bo‘lib, zilzila markazida uning magnitudasi 3,7 ballni tashkil qilgan.

Zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 59 kilometr shimoli-sharqiy yo‘nalishda joylashgan.

Yer silkinishi Toshkentda sezilgan va uning kuchi 3 ballni tashkil qilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda aholiga sodir bo‘lgan zilzila bo‘yicha to‘liq ma’lumot beruvchi mobil ilova yaratiladi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar