Daryo

Mahmud Murodovning UFC’dagi navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Mahmud Murodov oktabr oyida oktagonga ko‘tariladi

1 daqiqa o‘qish85 768 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodov navbatdagi jangini 2020-yilning 17-oktabrida o‘tkazadi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: Instagram/makhmud_muradov

“Do‘stlar, keyingi jangim 17-oktabrda Kshishtof Yotkoga qarshi bo‘lib o‘tadi. Xudo xohlasa, tez orada sizlarni yana bir g‘alaba bilan xursand qilaman! Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga katta rahmat” — deb yozib qoldirgan Mahmud Murodov.

Avvalroq Mahmudning UFC promousheni bilan navbatdagi jang uchun shartnoma imzolagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Kshishtof Yotko MMA’dagi faoliyati davomida 26 ta jang o‘tkazib, shularning 22 tasida g‘alaba qozongan, 4 tasida esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov UFC’da hozirgacha ikkita jang o‘tkazgan. U UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4, 9 KO) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10, 10 KO) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

Murodovning uchinchi jangi aslida UFC 249 doirasida 19-aprel kuni Karl Robersonga qarshi kechishi lozim edi. Biroq ushbu jang koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilingandi.

Mahmud Murodovning UFC’dagi janglarini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar