Daryo

Mahmud Murodov UFC bilan uchinchi jangi uchun shartnoma imzoladi

Raqib nomi ham tez orada e’lon qilinadi

1 daqiqa o‘qish66 678 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodov UFC promousheni bilan navbatdagi jang uchun shartnoma imzoladi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: Instagram / @MahmudMurodov

“Assalomu alaykum! Aziz do‘stlar, sizlar bilan uzoq kutilgan yangilikni baham ko‘rmoqchiman. Bugun navbatdagi jang uchun shartnoma imzoladim. Tez orada jangning aniq sanasi va raqibimning nomini e’lon qilamiz. Inshaalloh g‘alaba yo‘lida biz bir qadam oldindamiz”, — deya yozadi Murodov.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov UFC’da hozirgacha ikkita jang o‘tkazgan. U UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4, 9 KO) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10, 10 KO) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

Mahmud Murodovning UFC’dagi janglarini tomosha qiling (video)

Murodovning uchinchi jangi aslida UFC 249 doirasida 19-aprel kuni Karl Robersonga qarshi kechishi lozim edi. Biroq ushbu jang koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar