“Latsio” hujumchisi Chiro Immobile 2019/20-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha Yevropaning eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Foto: Twitter

Italiyalik futbolchi A Seriya joriy mavsumida 36 ta gol urdi va faoliyatidagi ilk “Oltin butsa”ga ega chiqdi.

“Oltin butsa”—2019/20 sovriniga da’vogarlar:

  1. Chiro Immobile (“Latsio”, Italiya) — 36 gol, 72 ochko
  2. Robert Levandovski (“Bavariya”) — 34 gol, 68 ochko
  3. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Italiya) — 31 gol, 62 ochko
  4. Timo Verner (“Leypsig”, Germaniya / “Chelsi”, Angliya) — 28 gol, 56 ochko
  5. Erling Holand (“Borussiya D”, Germaniya) — 29 gol, 50 ochko
  6. Lionel Messi (“Barselona”, Ispaniya) — 25 gol, 50 ochko
  7. Romelu Lukaku (“Inter”, Italiya) — 23 gol, 46 ochko
  8. Jeymi Vardi (“Lester”, Angliya) — 23 gol, 46 ochko.

Reytingda ochkolarni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi: futbolchining mavsum davomida urgan gollari soni chempionat koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi. Top-5 ligalar (Angliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya va Germaniya) koeffitsiyenti ikkiga teng. UEFA reytingida 6—21-o‘rinlardagi ligalar — 1,5. Qolgan ligalar esa 1 koeffitsiyentga ega.

Rivaldodan Suaresgacha. “Barselona” futbolchilari tomonidan urilgan akrobatik usuldagi top-5 gol (video)

“Oltin butsa” sovrini 1968-yildan buyon topshirib kelinadi. Lionel Messi ushbu sovrinni eng ko‘p qo‘lga kiritgan futbolchi hisoblanadi — olti marta. Keyingi o‘rindagi Krishtianu Ronalduda esa to‘rtta “Oltin butsa” mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!