Daryo

O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda loukoster yaratish masalasini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston transport vaziri Elyor G‘aniyev “Rosaviatsiya” rahbari Aleksandr Neradko bilan videoaloqa rejimida uchrashuv o‘tkazdi

1 daqiqa o‘qish50 644 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

O‘zbekiston va Rossiya Transport vazirliklari vakillari videoaloqa rejimi orqali sohaga oid hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya Transport vazirligi saytida ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo”

O‘zbekiston tomonidan transport vaziri Elyor G‘aniyev, Rossiya tomonidan esa transport vazirining birinchi o‘rinbosari, “Rosaviatsiya” rahbari Aleksandr Neradko ishtirok etgan.

Ular ikki tomonlama hamkorlik, asosan, havo transportidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. Xususan, “Rosaviatsiya” va Fuqarolik aviatsiyasi agentligi o‘rtasidagi uchishga yaroqlilik bo‘yicha hamkorlikka oid bitimni tayyorlash va imzolash borasida fikr almashilgan.

Bundan tashqari, ikki davlat orasida reyslar sonini oshirish hamda yo‘lovchi va yuklarni tashishga mo‘ljallangan Rossiya—O‘zbekiston loukost-aviatashuvlarini yaratish imkoniyati muhokama qilingan.

O‘zbekistonda milliy loukoster yaratish haqida 2018-yilning boshlarida gap-so‘zlar tarqalgan edi. Taxminlarga ko‘ra, u Milliy aviakompaniyaning sho‘basiga aylanishi kerak edi, biroq keyinroq kompaniyaning o‘zi bir necha alohida kompaniyaga bo‘lib tashlandi.

Mavzuga doir: Savol-javob: Loukoster nima va undan O‘zbekistonga nima foyda?

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliay aviakompaniyasi qayta tashkil etilishi natijasida uning o‘rniga uchta aholida kompaniya — Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports va Uzbekistan Helicopters tashkil qilingan. Bundan tashqari, O‘zbekistonda yana beshta yangi aviakompaniya, xususan, Humo Air aviakompaniyasini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar