Daryo

“Nihol” mukofoti sovrindori, xonanda Abror Parpiyev 45 yoshida olamdan o‘tdi

U uzoq davom etgan og‘ir kasallik tufayli vafot etgan

1 daqiqa o‘qish273 347 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

“Nihol” mukofoti sovrindori, mumtoz qo‘shiqlarning mohir ijrochisi Abror Parpiyev 20-iyul kuni 45 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Abror Parpiyev maqom ustasi, xalq hofizi Fattohxon Mamadaliyevning sevimli shogirdi edi. U uzoq davom etgan og‘ir kasallik tufayli vafot etgan.

Abror Parpiyevning “Qadimgi ushshoq”, “Vatan”, “Go‘zallarning sarvari” kabi qo‘shiqlari ommalashgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rassom Zubaydulla Botirov vafot etdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar