Daryo

Dunyodagi eng qimmat gitara 14 mln dollardan ortiqqa sotildi

Gitara mashhur kompozitor Devid Gilmorga tegishli bo‘lib, uni 1970-yildan 1983-yilgacha Pink Floyd guruhining barcha albomlarini yozishda ishlatgan.

1 daqiqa o‘qish7 108 ko‘rishlar0 izoh3

Buyuk Britaniyaning Christie’s auksion uyida mashhur kompozitor Devid Gilmorning 1970-yildan 1983-yilgacha Pink Floyd guruhining barcha albomlarini yozishda ishlatgan mashhur elektrogitarasi rekord summa — 14,6 million dollarga sotildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, “Qora Stratokaster” nomi bilan tanilgan ushbu gitara dunyoda sotilgan eng qimmat gitaraga aylangan. Vaholanki, Christie’s auksion uyi uni ikki milliondan to‘rt million dollargacha bo‘lgan narxda sotilishini taxmin qilgan. Xaridorning kimligi oshkor qilinmagan.

Ushbu gitarani Pink Floyd’ning “The Dark Side of the Moon”, “Wish You Were Here” va “The Wall” kabi eng mashhur albomlaridagi yozuvlarda eshitish mumkin.

Ta’kidlanishicha, bunga qadar 1959-yilda ishlab chiqarilgan va Nirvana guruhi yetakchisi Kurt Kobeyn 1993-yildagi mashhur MTV Unplugged konsertida chalgan “Martin D-18E” elektroakustik gitarasi dunyodagi eng qimmat gitara hisoblangan. Ushbu gitara 2020-yilda o‘tkazilgan kimoshdi savdosida 6 million dollarga sotilgan.

Avvalroq Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Diego Maradonaning libosi Matchday Football Auctions auksionida 152 ming yevroga sotilgani xabar qilingandi. “Oskar” mukofoti sovrindori, mashhur rejissyor Frensis Koppolaning soati esa auksionda rekord narx 11 mln dollarga sotilgan. Fransiyada bo‘lib o‘tgan konsertda afsonaviy pop musiqa qiroli Maykl Jekson kiygan bir dona yaltiroq paypoq esa 8 ming dollardan ko‘proq pulga sotilgan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar