Bugungi ro‘yxatdagi xonandalar va qo‘shiq mualliflari hayotining qolgan qismini hech qanday moliyaviy tashvishsiz o‘tkazish imkonini beradigan yetarlicha daromadga ega. Bunday natijaga birgina mukammal tarzda yaratilgan qo‘shiq sabab bo‘ldi. Yulduzlar hozirda nafaqaga chiqish va muvaffaqiyatdan zavqlanish o‘rniga sevimli sohasi — san’at yo‘nalishida o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Qo‘shiqning yangilangan versiyasi aslidan mashhurroq bo‘lgan taqdirda ham, muallif daromadning bir qismiga ega bo‘ladi.
“Every Breath You Take” — Sting
Puff Daddy nomi bilan tanilgan xonanda Shon Kombs o‘zining marhum do‘sti — The Notorious B.I.G. xotirasiga bag‘ishlab “I’ll Be Missing You” trekini yozgan. Qo‘shiqning ushbu versiyasi 7 million AQSH dollari miqdorida daromad keltirdi.
“Yesterday” — Jon Lennon va Pol Makkartni
“Happy birthday to you” — The Hill Sisters
Tug‘ilgan kun bilan tabriklash haqidagi qo‘shiq 1893-yilda Kentukki shtatining Luisvill shahridan opa-singil Hill tomonidan yozilgan. Patti Hill maktabda o‘qituvchi, uning singlisi Mildred esa bastakor edi. Ular qo‘shiqni maktabdagi tadbir uchun yaratishdi. Oradan bir asrdan ortiq vaqt o‘tsa-da, mazkur qo‘shiq butun dunyo bo‘ylab bayramlarning ajralmas qismiga aylangan.
“Shape of You” — Ed Shiran, Stiv Mak va Jonni Makdeyd
Xonanda Ed Shiranning 2017-yilda namoyish etilgan “Shape of You” qo‘shig‘i barcha davrlarning eng yuqori daromadga chiqqan musiqasi hisoblanadi. Asar britaniyalik musiqachilar Stiv Mak va Jonni Makdeyd tomonidan yozilgan bo‘lib, 42 million nusxada sotilgan. Ed Shiran eng yaxshi pop ijrochi sifatida “Gremmi” mukofoti bilan taqdirlangan.
“Despacito” 2017-yilda ulkan muvaffaqiyatga erishib, barcha davrlarda eng ko‘p sotilgan uchinchi qo‘shiqqa aylandi. Luis Rodriges, Ramon Ayala va Erika Ender tomonidan yozilgan bu asar dastlab Luis Fonsi va Deddi Yanki tomonidan ijro etilgan va Lotin Amerikasida hitga aylangan.
“Oh, Pretty Woman” — Roy Orbison va Bill Dis
Roy Orbison va Bill Dis birgalikda 1964-yilda ommaga deyarli tanilmagan “Oh, Pretty Woman” qo‘shig‘ini yozdi. Trek 1990-yilda “Go‘zal ayol” filmida jaranglagach, qo‘shiq nufuzi oshib ketdi.
“I Will Always Love You” — Dolli Parton
Mazkur qo‘shiqning asl muallifining ismi ko‘pchilikka noma’lum. Dolli Parton buni 1973-yilda yozgan va qo‘shiq Billboard Hot Country Songs chartida ikki marta birinchi o‘rinni egallagan.








