Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Milliarder Jeff Bezos bilan ajrashganidan keyin Amazon kompaniyasining 4 foiz ulushini olgan Makkenzi Bezosning boyligi kompaniya aksiyalari narxi o‘sishi fonida 62,3 milliard dollarga yetdi, deya xabar berdi “RBK”.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Qayd etilishicha, 2—9-iyul kunlari Amazon aksiyalari narxi 10 foizga o‘sdi, natijada kompaniya rahbari va dunyoning eng boy odami Jeff Bezosning boyligi 16,2 milliard dollarga o‘sib, 188,2 milliard dollarga yetdi. Shu bilan birga, aksiyalar narxi o‘sishi sabab Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Bezos Walmart asoschisi Ellis Uoltonning qizini ortda qoldirib, AQShning eng boy ayoliga aylandi.

Ajrashganidan so‘ng Makkenzi Bezos eri egalik qiladigan Amazon aksiyalarining to‘rtdan birini – 36 milliard dollarga teng qismini olgan. Shundan beri aksiyalar narxi ko‘tarilib, uning boyligi deyarli ikki baravar ko‘paygan.

Avvalroq dunyodagi eng boy odamlarning umumiy reytingida o‘zgarishlar yuz berdi. Ushbu haftada SpaceX asoschisi va Tesla kompaniyasining bosh direktori Ilon Mask ro‘yxatda yettinchi o‘ringa ko‘tarilib, bir vaqtning o‘zida bir nechta milliarderlardan, jumladan, Uorren Baffet va Osiyoning eng boy odami Mukesh Ambanidan o‘zib ketgan haqida xabar berilgan edi.

Bu holat 10-iyul kuni Tesla aksiyalarining 11 foizga o‘sishi fonida Maskning boyligi 6,1 milliard dollarga ko‘payganidan keyin yuz berdi. Endi uning boyligi 70,5 milliard dollarga baholanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi