Daryo

33 yoshli Lionel Messi La Ligada yana bir rekord qayd etdi

Messi rekord qayd etishdan charchamayapti

1 daqiqa o‘qish45 770 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionati doirasida o‘tkazilgan “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda (4:1) ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Foto: Twitter

Shu tariqa 33 yoshli argentinalik futbolchi La Liganing 2019/20-yilgi mavsumida golli uzatmalari sonini 19 taga yetkazib oldi va o‘zining shaxsiy rekordini yangiladi. Messi La Liga doirasida ikkita mavsumda 18 tada golli uzatmani amalga oshirgandi. Birinchisi 2010/11, ikkinchisi esa 2014/15-yilgi mavsumda.

Ma’lumot o‘rnida, Messi katalon klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda u Ispaniya chempionatida 29 o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 19 ta golga hammualliflik qildi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar