Daryo

Fotojamlanma: Ilon Maskning Los-Anjelesdagi 29 mln dollarlik hashamatli koshonasi

Ilon Mask ushbu uyni 2012-yilda 17 million dollarga xarid qilgan

1 daqiqa o‘qish96 138 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Business Insider

Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari, milliarder Ilon Mask Bel-Eyrda joylashgan uyini 29 million dollarga sotib yubordi. Bu haqida Hello xabar berdi.

Foto: Hello Magazine

Ta’kidlanishicha, ushbu uy sotilishidan avval birgina Los-Anjelesdagi Bel-Eyr tumanida Ilonga qarashli uylar 6 ta bo‘lgan. Uy ko‘chmas mulk bozoriga sotuvga qo‘yilganidan 1,5 oy o‘tib xitoylik milliarder Uilyam Din tomonidan 29 million dollarga sotib olingan.

Foto: Hello Magazine

Mazkur uy 1990-yilda barpo qilingan bo‘lib, keyinchalik ta’mirlash ishlari olib borilgan. Ilon Mask ushbu uyni 2012-yilda 17 million dollarga xarid qilgan.

Foto: Hello Magazine

Hududi 1509 kvadrat metr bo‘lgan uyda 7 ta yotoqxona, 11 ta yuvinish xonasi, kutubxona, sport bilan shug‘ullanish uchun zal, kinoteatr, shuningdek, hovuz, tennis korti, mevali bog‘ hamda garaj mavjud.

Foto: Hello Magazine
Foto: Hello Magazine
Foto: Hello Magazine
Foto: Hello Magazine
Foto: Hello Magazine
Foto: Hello Magazine
Foto: Hello Magazine
Foto: Hello Magazine
Foto: Hello Magazine
Foto: Hello Magazine
Foto: Hello Magazine
Foto: Hello Magazine
Foto: Hello Magazine
Foto: Hello Magazine
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.