Daryo

Messi yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

2000-yildan beri “gol+pas” tizimida eng yaxshi natija qayd etgan futbolchilar reytingini e’lon qilindi

1 daqiqa o‘qish57 198 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

GiveMeSport nashri 2000-yildan beri “gol+pas” tizimida eng yaxshi natija qayd etgan futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Foto: Twitter

Unga ko‘ra, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan o‘rin oldi. 31 yoshli argentinalik futbolchi XXI asrda 862 o‘yin o‘tkazib, 700 gol va 315 ta golli uzatma muallifiga aylandi (1015 ochko).

Ikkinchi o‘rinda “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu qayd etildi. Portugaliyalik futbolchi 1005 o‘yinda 986 ochko (728+258) to‘plagan. Kuchli uchlikni “Milan” forvardi Zlatan Ibragimovich yakunlab berdi — 717 ochko (521+196).

GiveMeSport talqiniga ko‘ra “gol+pas” tizimi bo‘yicha so‘nggi 20 yillikning eng yaxshi futbolchilari:

1. Lionel Messi — 1015 (700 gol va 315 assist, 862 o‘yin)
2. Krishtianu Ronaldu — 986 (728+258, 1005)
3. Zlatan Ibragimovich — 717 (521+196, 860)
4. Luis Suares — 714 (459+255, 714)
5. Robert Levandovski — 600 (466+134, 698)
6. Tyerri Anri — 559 (369+190, 716)
7. Serxio Aguero — 545 (414+131, 733)
8. Ueyn Runi — 543 (364+179, 864)
9. Samyuel Eto’O — 524 (408+116, 805)
10. Karim Benzema — 513 (337+176, 735).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar