Jizzax viloyatida 28 yoshli S.E. hamda 29 yoshli O.B. o‘rtasida kelib chiqqan choyxonadagi nizo oqibatida bir nafar odam halok bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilgan.

2020-yil 20-iyun kuni 28 yoshli S.E. sinfdoshining fotiha to‘yini o‘rtoqlari bilan birgalikda Jizzax shahridagi choyxonalarning birida nishonlagan. U yerda spirtli ichimlik iste’mol qilishib, soat 23:00 da mast holatda choyxonadan chiqib uylariga tarqalgan.
Uyga qaytayotgan vaqtda S.E. va O.B. o‘zaro tortishib qolgan. S.E. sherigining bosh qismiga qo‘li bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan va uni 21-iyun kuni soat 01:00 da yashash xonadoniga tashlab ketgan. O.B. olgan tan jarohati oqibatida yashash xonadonida vafot etgan.


Mavzuga doir: Qibrayda og‘zaki kelishmovchilikdan boshlangan mushtlashuv 27 yoshli yigitning o‘limi bilan yakun topdi
Holat yuzasidan Jizzax shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.E. gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.Mavzuga doir: Qashqadaryoda sotuvchi telefon sotib olgan xaridorni 50 ming so‘m qarz uchun urib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi








