Daryo

Video: Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi G‘alaba paradiga yetib keldi

Paradda rossiyalik harbiy xizmatchilar bilan birga, jumladan, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari vakillari ham chiqish qiladi. Bunday holat mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kuzatilmoqda

1 daqiqa o‘qish110 458 ko‘rishlar0 izoh0

Davomi: Video: O‘zbekistonlik harbiylarning G‘alaba paradidagi chiqishi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-iyun kuni fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish maqsadida Moskvadagi Qizil maydonga yetib keldi. Uni Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutib olgan. Parad mehmonlari Georgiy lentasi taqqan.

Paradda rossiyalik harbiy xizmatchilar bilan birga, jumladan, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari vakillari ham chiqish qildi. Bunday holat mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kuzatilmoqda.

Ma’lumot uchun, Moskvadagi G‘alaba paradida Shavkat Mirziyoyevdan tashqari boshqa davlatlar rahbarlari ham mehmon bo‘lmoqda. Ular orasida, xususan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti So‘ronbay Jeenbekov, Moldova prezidenti Igor Dodon, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham bor.

Mavzuga doir: Putin G‘alaba paradiga kelgani uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi (video)

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar