Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tesla Model 3 elektromobili Xitoyning Szyansi provinsiyasidagi yo‘llarning birida avariyaga uchradi. Transport vositasining avtopilot tizimi o‘z-o‘zidan tezlikni oshira boshlagan va soatiga 127 kilometr tezlikka chiqib, to‘siqqa borib urilgan hamda yonib ketgan, deb xabar beradi Gizmochina.

Foto: Gizmochina

Foto: Gizmochina

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u tormozni bosishga uringan, biroq avtomobil unga bo‘ysunmagan.

To‘qnashuv oqibatida Model 3’ning old qismiga jiddiy shikast yetgan. Yuzaga kelgan yong‘in sabab elektromobilning frontal qismi to‘liq yonib ketgan. Haydovchi va boshqalarga zarar yetgan yoki yetmagani haqida ma’lumotlar yo‘q.

Kompaniya muhandislarining taxminicha, nosozlik avtopilot tizimining ishidagi kamchilik sabab yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Tesla Model 3’ning ruli harakat vaqtida uzilib tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi