Daryo

Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 9 million nafardan oshdi

2020-yil 23-iyun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 holatiga ko‘ra, yer yuzida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning soni 9 015 582 nafarga yetgan

1 daqiqa o‘qish39 244 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

AQShning Jons Hopkins universiteti e’lon qilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha COVID-19 yangi turdagi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 9 million nafardan oshib ketdi.

Foto: AP Photo

2020-yil 23-iyun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 holatiga ko‘ra, yer yuzida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning soni 9 015 582 nafarga yetgan.

Kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan bemorlar soni esa 469 378 nafarni tashkil qilmoqda. Pandemiya boshlanganidan beri jami 4 468 902 nafar kishi kasallikdan tuzalgan.

Mavzuga doir: JSST dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha sutkalik rekord yangilanganini ma’lum qildi

2020-yil 7-iyunda COVID-19’dan vafot etganlar soni dunyo miqyosida 400 ming nafardan oshib ketgani, 8-iyun kuni esa koronavirus bilan kasallanganlar soni dunyo miqyosida 7 million nafardan, 16-iyunda COVID-19’ga chalingan bemorlar soni 8 milliondan ortib ketgani xabar qilingan.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar