Daryo

Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Xalqaro jurnalist bo‘lishni juda xohlaganman”

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida poytaxt hokimining bitiruvchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish42 122 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning bitiruvchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Unda Toshkent shahridagi ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash va yoshlarning maqsad hamda rejalari, kelajagi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

“Kuchli xalqaro jurnalistlar bo‘lar edi, fuqarolar urushi joylaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga chiqishardi. Eng kuchlilardan yana ikkitasi — Shahnoza G‘aniyeva va Muxtor G‘aniyev. O‘zbeklardan chiqqan. Ular Afg‘onistondan, og‘ir-og‘ir joylardan jurnalistlik faoliyatini olib borishardi. Mening ularga juda havasim kelardi, men ham ularga o‘xshab xalqaro jurnalist bo‘lishni juda ham xohlaganman.

O‘sha vaqtda Xalqaro diplomatiya instituti ochilgandi, o‘sha yerga kirish uchun hujjatlarni topshirdik, lekin men kira olmaganman. Ammo chin dildan diplomat bo‘lishni xohlaganman, chin dildan xalqaro jurnalist bo‘lishni xohlaganman”, — deydi hokim.

Uchrashuvda ma’lum qilinishicha, Toshkent shahridagi o‘qishni istagan, yaxshi mutaxassis, zo‘r ixtirochi, tashabbuskor va tadbirkor bo‘lishni niyat qilgan yoshlarning barchasi qo‘llab-quvvatlanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarga boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ajratish tizimi yaratiladi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar