Daryo

Toshkent shahar hokimi maktab bitiruvchisiga Spark sovg‘a qildi

Olmazor tumanidagi 278-maktabning 11-sinf bitiruvchisi Razzoqova Mushtariyga bu sovg‘a o‘zining o‘qishda erishgan yutuqlari va a’lo bilimlari uchun berilgan

1 daqiqa o‘qish128 072 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Videodan lavha

Toshkentning Olmazor tumanidagi 278-maktabning 11-sinf bitiruvchisi Razzoqova Mushtariy o‘zining o‘qishda erishgan yutuqlari va a’lo bilmlari uchun oltin medal sohibi bo‘ldi.

Foto: Videodan lavha

Olmazor tuman hokimligi matbuot xizmatining bildirishicha, u 2020-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Milliy universitetining taekvondo fakultetiga talabalik safiga imtihonlarsiz qabul qilingan.

20-iyun kuni Toshkent shahar hokimiyatida o‘tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan Mushtariyga Spark rusumli avtomobil sovg‘a qilindi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar