Daryo

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isakov hibsga olindi

Oldinroq unga korrupsiyada ayblov e’lon qilingan va yashash manzilini tark etmaslik chorasi belgilangandi

1 daqiqa o‘qish44 446 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sputnik

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isakov Pervomaysk tuman sudi qarori bilan tergov tugagunga qadar hibsga olindi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

Foto: Sputnik

Oldinroq unga korrupsiyada ayblov e’lon qilingan va yashash manzilini tark etmaslik chorasi belgilangandi. Sud      5-iyun kuni bu chorani o‘zgartirdi. Endi Saparov Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov izolyatorida saqlanadi.

Isakov Xitoyning TBEA kompaniyasi manfaatlarini ilgari surganlikda ayblanmoqda. Gap Bishkek issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish jarayoni haqida ketmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar