Daryo

Farg‘onada 500 dan ortiq agrosanoat xizmatlarini ko‘rsatadigan markaz ochiladi

Shundan 40 dan ortiq yangi turdagi innovatsion texnologiyalar asosidagi qator xizmatlar, jumladan, geoaxborot tizimlari, dron xizmatlari, xalqaro standartlar, Organic, Global G.A.P va “Halol” sertifikatlari joriy etiladi

2 daqiqa o‘qish34 096 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi doirasida zamonaviy innovatsion Agroxizmatlar markazi faoliyati ilk bor Farg‘ona viloyatida yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, ushbu hududiy markaz tomonidan yagona darcha tamoyili asosida davlat-xususiy sherikchilik shartlarida 500 dan ortiq agrosanoat majmuiga oid xizmatlar ko‘rsatiladi. Shundan 40 dan ortiq yangi turdagi innovatsion texnologiyalar asosidagi qator xizmatlar, jumladan, geoaxborot tizimlari, dron xizmatlari, xalqaro standartlar, Organic, Global G.A.P va “Halol” sertifikatlari joriy etiladi.

Shuningdek, markazda 15 ta agrar sohaga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari, 30 dan ortiq mahalliy va xorijiy agrobiznes vakillari doimiy faoliyat olib boradi.

Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan 5 turdagi zamonaviy laboratoriya, ya’ni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xavfsizligi, In vitro ko‘chatchiligi, tuproq, suv va fitosanitariya tahlil laboratoriyasi viloyatdagi 9 ming fermer xo‘jaliklari hamda 500 dan ortiq agrobiznes vakillariga xizmat ko‘rsatadi.

Markazda 133 nafar xodim uchun yangi ish joylari yaratilgan. Shundan 40 nafar mutaxassis bugungi kunga qadar dunyoning yetakchi davlatlarida (AQSh, Turkiya, Isroil, Gollandiya, Germaniya, Xitoy, Latviya davlatlari) malaka oshirib qaytdi. Qolgan mutaxassislar ham yil yakuniga qadar xalqaro qishloq xo‘jaligi markazlarida tajriba o‘taydi.

Ta’kidlanishicha, ushbu markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yishga Jahon bankining kredit loyihasi, Yevropa Ittifoqining grant ko‘maklari va xususiy investorlarning mablag‘lari yo‘naltiriladi. Keyingi bosqichlarda mazkur markazlar faoliyati respublikamizning boshqa barcha hududlari va tumanlarida yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashriflari chog‘ida har bir hududning yeri, resurslari, imkoniyatlarini to‘liq safarbar etish, qishloq xo‘jaligi sohasida agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar bergan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar