Daryo

Foto: Bolalik gashtini surish o‘rniga kattalardek mehnat qilayotgan norasidalar

Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 700 milliondan ko‘proq bola majburiy mehnatga jalb etilgan

2 daqiqa o‘qish134 894 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Bolalarni majburiy mehnatga jalb etishga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, aksariyat mamlakatlarda kichik yoshdagi bolalar og‘ir mehnatga jalb etilmoqda. “Kommersant” nashri bolalik gashtini surish o‘rniga kattalardek ishlatilayotgan norasidalar haqida fotomaterial tayyorladi.

Foto: Reuters

Dunyo bo‘ylab majburiy mehnatga jalb etilayotgan bolalarning yarmidan ko‘prog‘i aholi zich joylashgan Osiyo mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Xususan, Afrikada har uchinchi bola ishlaydi, Lotin Amerikasida esa bu ko‘rsatkich 15-20 foizni tashkil etadi. Ish beruvchi tomonidan bolalar mehnatidan foydalanilayotgan to‘g‘risidagi ma’lumot sir saqlanishi tufayli aniq statistikani olish qiyin.

Bolalar mehnatining aniq tavsifi yo‘q. UNICEF’ning ta’kidlashicha, bu uzoq davom etadigan, og‘ir hamda bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan, ularning ta’lim olishiga xalal beradigan mehnat turidir.

Hindiston, Bangladesh, Pokiston va Nepalda bolalar qullardek ishlatiladi. Qonunni buzmaslik uchun yirik xususiy tadbirkorlar bolalarni uylarida ishlatadi, bu bilan bolalar mehnatidan foydalanayotgani haqidagi ma’lumotni yashiradi.

Sanoatning xavfli sohalarida ishlayotgan bolalarning uchdan bir qismi mehnat qiladi. Kichik biznes, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasi, fohishalik yo‘nalishlarida bolalar mehnatidan foydalaniladi.

Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra bugungi kunda 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 700 milliondan ko‘proq bola majburiy mehnatga jalb etilgan.

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Boshqa qiziqarli fotojamlanmalar:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.