Daryo

Armaniston bosh vazirida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Bosh vazir koronavirusga test topshirgan va uning natijasi ijobiy chiqqan

1 daqiqa o‘qish24 752 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “TASS”

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va uning oila a’zolarida koronavirus aniqlandi. Bu haqda bosh vazir o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali e’lon qildi.

Foto: “TASS”

“Men koronavirusga test topshirdim. Afsuski, menda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shundan so‘ng oila a’zolarim ham test topshirdi, ularda ham infeksiya aniqlandi. Bizda kasallik belgilari yo‘q, tana haroratimiz yaxshi. Hozir barchamiz o‘zimizni izolyatsiyaladik, uydan turib ishlaymiz. Buning uchun barcha qulayliklar mavjud”, — deydi Armaniston bosh vaziri.

https://www.facebook.com/nikol.pashinyan/videos/3067514960000475/

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham koronavirusga chalinib, davolanishga muvaffaq bo‘lgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar