Daryo

Abdulla Aripov So‘xdagi mojaro sabab Qirg‘iziston hukumati vakili bilan uchrashadi

Qirg‘iziston hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 1-iyun holatiga ko‘ra chegara zonasidagi vaziyat tartibga keltirilgan

1 daqiqa o‘qish118 420 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Sof.uz”

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1-iyun kuni Qirg‘iziston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari (bosh vazir vazifasini vaqtincha bajaruvchi) Kubatbek Bo‘ronov bilan uchrashadi. Bu haqda “Kaktus” xabar bermoqda.

Foto: “Sof.uz”

Xabar berishlaricha, Qirg‘iziston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Botken viloyati Qadamjoy tumaniga kelgan. U O‘zbekiston hukumati rahbari bilan chegara zonasida ikki qishloq aholisi o‘rtasida 31-may kuni yuz bergan ziddiyatni muhokama qilishi kutilmoqda.

Qirg‘iziston hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 1-iyun holatiga ko‘ra chegara zonasidagi vaziyat tartibga keltirilgan. Rasmiylar xavfsizlik choralarini kuchaytirgan. Tegishli organlar mahalliy aholi orasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Voqea 31-may kuni yuz bergan edi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, mojaro Qirg‘izistonning Chechme qishlog‘idagi, O‘zbekiston tomoni ham foydalanadigan buloq sabab chiqqan. Hodisa joyidan olingan videolarda odamlar bir-biri tomon tosh otayotganini ko‘rish mumkin.

Mavzuga doir: O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida yuz bergan mojaro yuzasidan rasmiy axborot berildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar