Daryo

Abdulla Aripov chegaradagi mojaro sabab yonib ketgan O‘zbekistondagi uchta xonadon qisqa muddatda tiklab berilishini ma’lum qildi

Qayd etishlaricha, mojaro oqibatida O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in yuz bergan

1 daqiqa o‘qish94 620 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: So‘x tumani hokimligi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1-iyun kuni bir kun avval Qirg‘iziston bilan chegarada yuz bergan mojaro sabab Farg‘ona viloyatinin So‘x tumaniga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida Aripov Qirg‘iziston hukumati rahbari bilan uchrashdi.

Foto: So‘x tumani hokimligi

Uchrashuvdan so‘ng, So‘x tumani hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ikki mamlakat hukumat rahbarlari voqea sodir bӯlgan joyga borgan. Qayd etishlaricha, mojaro oqibatida O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in yuz bergan.

Foto: So‘x tumani hokimligi

“Zarar ko‘rgan oilalar xonadonlarini qisqa muddatda tiklab beramiz”, — deb aytgan bosh vazir Abdulla Aripov.

Foto: So‘x tumani hokimligi

Avvalroq 31-may kuni yuz bergan mojaro oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mojaroga Qirg‘iziston hududidagi, suvidan O‘zbekiston tomoni ham foydalanadigan “Chashma” bulog‘i ustidagi bahs sabab bo‘lgan.

Foto: So‘x tumani hokimligi

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev chegaradagi voqea yuzasidan Qirg‘iziston prezidenti bilan muloqot qildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar