O‘zbek shou-biznes vakillari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 30-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.

Checheniston xalq artisti Sanjay Eldor Qayumovning “Atrofimda” deb nomlangan qo‘shig‘ini ijro etib, YouTube kanalida premyera qildi.

O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova Zo‘r TV kanalida jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim qilmoqda.

View this post on Instagram

Zo’r tv

A post shared by Gulsanam.Mamazoitova (@g.m.official) on

Aktyor Yoqub Ahmedov qizalog‘i Shirin bilan.

View this post on Instagram

Qizalogim “Shirin”😃💋

A post shared by Yoqub Ahmedov (@yoqub_ahmedov) on

Aktyor Ahmad Berdimurodov nomi esida bo‘lmagan filmning jang sahnasi aks etgan videolavhani sahifasiga joyladi. Eslatib o‘tamiz, aktyor karantinni AQShda o‘tkazmoqda.

Boshlovchi Ahror Qo‘shmatov Sardobadagi otaxonlardan duo olayotgani tasvirlangan videoni sahifasiga joylashtirdi.

View this post on Instagram

Sardobadan kelgan Video😍🙏🏼

A post shared by Axror Qushmatov (@axrorqushmatov) on

Qiziqchi Zokir Ochildiyev, aktrisa Zuhra Soliyeva hamda Abror Baxtiyorovich Instagram’dagi yangi chellenj uchun qiziq video tayyorlashdi.

“Million” jamoasi a’zosi Mo‘min Ibrohimov gol urishda o‘xshamagan usuli aks etgan lavhani muxlislarga namoyish etdi.

“Ummon” guruhi yakkaxoni Shohruh yangi “Meni deya” deb nomlangan videoklipini suratga olmoqda. Videoklipga Ikrom Ali rejissorlik qilmoqda.

Xonanda Bahrom Nazarov karantin vaqtida umuman soch oldirmaganiga ishora qilgan holda sartaroshxonada tushgan rasmiga “Robinzonga aylanib ketishimga sal qoldi” deya izoh yozib qoldirgan.

https://www.instagram.com/p/CA0CvAJHmQy/?igshid=yd0mh4z2lgzh

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Namozov Sangardakda.

View this post on Instagram

Сангардак... Шаршара...

A post shared by Mahmud Nomozov (@mahmudnomozov) on

Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev Instagram’dagi fotopostiga Charli Chaplindan iqtibos keltirdi.

Xonanda Munisa Rizayeva “Men baxtliman” degan izoh va tabassum bilan tushgan fotosini sahifasiga joylashtirdi.

Xonanda Jamshid Abduazimov hamkasbi Jahongir Poziljonovning “Zerda” chellenji uchun maxsus videolavha tayyorladi. “Bojalar” guruhining yakkaxoni ushbu videoni muxlislari bilan bo‘lishdi.

Aktyor Yigitali Mamajonov “Oldinga qochsam ham, ortga qochgan taqdirda ham, o‘zimdan qochib qutula olmas ekanman” degan so‘zlar bilan grimmda tushgan fotosini sahifasiga joylashtirdi. Ushbu so‘zlar “Qochoq” serialidan olingan ekan.