Daryo

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yarim tunda sel keldi

“Sel aholi yashovchi hududga ham kirib keldi, odamlar sel toshqinidan aziyat chekmoqda. Bizga texnika bo‘yicha yordam berishlarini so‘raymiz”, — deydi bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan fuqaro

1 daqiqa o‘qish188 184 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Telegram

Davomi: Zarafshondagi sel oqibatida 300 kishi evakuatsiya qilindi

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yarim tunda sel kelgani aytilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan aholi vakillarining aytishicha, sel toshqini aholi yashovchi hududda sodir bo‘lgan.

Zarafshon shahrida yashovchi yana bir fuqaroning ma’lumot berishicha, 13-may kuni soat 01:00 dan boshlab shaharda kuchli shamol bo‘lib, jala quya boshlagan.

Foto: “Daryo”

“Sel aholi yashovchi hududga ham kirib keldi, odamlar sel toshqinidan aziyat chekmoqda. Bizga texnika bo‘yicha yordam berishlarini so‘raymiz”, — deydi bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan fuqaro.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, shaharning Bog‘dorchilik hududidan tashqari ko‘plab aholi manzillarida sel toshqinlari sodir bo‘lgan.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Murojaatchining qo‘shimcha qilishicha, ayni paytga qadar mas’ul tashkilotlar bu holatga e’tibor qaratmagan.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar