Daryo

O‘zbekistonda Sotsial turizm assotsiatsiyasi tashkil etildi

Assotsiatsiya bolalar, yoshlar, keksalar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning sayohatlarini tashkil etishga ko‘maklashadi

1 daqiqa o‘qish45 806 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Sayyohlarning barcha toifalarini qamrab olish va ular uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston sotsial turizm assotsiatsiyasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Foto: “Daryo”
Yangi assotsiatsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
  • imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz va ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun xayriya aksiyalarini o‘tkazish;
  • imkoniyati cheklangan shaxslar sayohat qilishlari uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
  • sotsial turizm sohasida davlat dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa qarorlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
  • inklyuziv turizmni rivojlantirish doirasida bolalar, yoshlar, uchinchi yosh toifa vakillari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan kishilar uchun turizm hamda ekskursiyalarni tashkil etishga ko‘maklashish.
Assotsiatssiya O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shish istagidagi jismoniy shaxslarni birlashtirish va ularning sa’y-harakatlarini sotsial turizmni rivojlantirishga yo‘naltirish, jumladan bolalar, yoshlar, keksalar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning sayohatlarini tashkil etishga ko‘maklashadi. Shu bilan birga, inklyuziv turizmni rivojlantirish borasida xorijiy turdosh uyushmalar bilan hamkorlik aloqalarni o‘rnatadi.

“Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun ‘Sayohat barcha uchun!’ xayriya sayohati tashkil etiladi hamda ularning diqqatga sazovor maskanlarda sayohat qilish imkoniyatlarini baholash ishlari amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Sotsial turizm assotsiatsiyasi kengashi raisi etib (1981-yilda tug‘ilgan) Izatillo Xo‘jayev tayinlandi. U avvalroq Sharqshunoslik instituti, O‘zMTDP Toshkent viloyati Kengashi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi safida faoliyat yuritgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar