Daryo

Uxanda o‘quvchilar maktabga qaytmoqda. Karantindan keyingi o‘qish — suratlarda

Qayd etilishicha, hozirda 50 mingdan ortiq bola maktabga qaytgan

1 daqiqa o‘qish65 984 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Xinhua

2019-yilning oxirida koronavirus epidemiyasi tarqalgan Xitoyning Uxan shahri hozirgi kunga kelib odatiy hayot tarziga qaytmoqda.

Foto: Xinhua

Daily Mail’ning yozishicha, 6-maydan Uxanda maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari uchun darslar boshlangan.

Shahardagi qat’iy karantin aprel oyi boshida bekor qilingan bo‘lsa-da, xavfsizlik chora-tadbirlari o‘z kuchini saqlab qolmoqda.

Maktabga kiraverishda o‘quvchilarning tana harorati o‘lchanmoqda. Shuningdek, bolalar qo‘llarini yuvib, keyin maktabga kirmoqda. Ular darsda niqoblarda o‘tiribdi. Niqoblar tez-tez almashtirilmoqda. O‘quvchilarning har biriga alohida himoya to‘siqlari o‘rnatilgan.

Foto: Daily Mail
Foto: Daily Mail
Foto: Daily Mail
Foto: Daily Mail
Foto: Daily Mail
Foto: Daily Mail
Foto: Daily Mail
Foto: Daily Mail
Foto: Daily Mail
Foto: Daily Mail
Foto: Daily Mail

Qayd etilishicha, hozirda 50 mingdan ortiq bola maktabga qaytgan.

Xitoyning boshqa ayrim maktablarida o‘quvchilar o‘rtasidagi masofani saqlash uchun nisbatan ijodiy yondashilmoqda.

Mavzuga doir: Tarvuz bozori, maktabga qaytgan uxanlik o‘quvchilar, ko‘zoynakdagi Tramp. 6-may suratlari

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.