Daryo

Sardobadagi falokatda Milliy gvardiya xodimi halok bo‘ldi. Yana biri bedarak yo‘qolgan

Hozirda ikkinchi xodimni qidirish ishlari davom etmoqda

1 daqiqa o‘qish310 072 ko‘rishlar0 izoh0
Sardoba suv omborining buzilgan to‘g‘oni o‘rnidan chiqib kelayotgan baland to‘lqinlar, 2020-yil 1-may. Kadr: Telegram

Sardoba suv omborida 1-may kuni yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning ikki xodimi kuchli oqim sabab oqib ketgan.

Oqibatda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi, serjant Husniddin Suyarov tabiiy ofatga qarshi kurashish jarayonida halok bo‘lgan. “Hozirda ikkinchi xodimni qidirish ishlari davom etmoqda”, — deyiladi Milliy gvardiya axborotida.

Serjant Husniddin Suyarov.Foto: Milliy gvardiya

Mavzuga doir: Sirdaryoda Milliy gvardiya xodimi toshqin ichida qolgan xonadondan to‘qqiz kishini qutqarib chiqdi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar