Daryo

Toshkentda 8-mart kuni bir ayolga tegishli BMW X5 va Mercedes GLC yonib ketdi (video)

Yong‘in nima sababda kelib chiqqani noma’lum, hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot berilganicha yo‘q

1 daqiqa o‘qish372 220 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Telegram / @shopirlar

Toshkent shahrida 8-mart kuni tongda ko‘p qavatli uylardan birining oldidagi avtoturargohda qoldirilgan BMW X5 va Mercedes GLC avtomobillari yonib ketdi. Hodisa joyidan olingan video va fotolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Yong‘in nima sababda kelib chiqqani noma’lum, hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot berilganicha yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda qimmatbaho avtomobillar qayta tiklab bo‘lmaydigan darajada zararlanganini ko‘rish mumkin.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, har ikkala mashina bir ayolga tegishli bo‘lgan.

Foto: Telegram / @shopirlar
Foto: Telegram / @shopirlar
Foto: Telegram / @shopirlar
Foto: Telegram / @shopirlar
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar