Qashqadaryoda Spark va “Zil-130” yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 4-aprel, shanba kuni, soat 00:50 larda 28 yoshli Spark haydovchisi Muborak tumanining o‘tuvchi “4P-96” avtomobil yo‘lining 3-kilometrida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, “Zil” bilan to‘qnashuv sodir etgan.
YTH oqibatida Spark avtomashinasi yonib ketib, haydovchi va uning yo‘lovchilari, 27 yoshli B.D. va 26 yoshli A.M. hodisa joyda vafot etgan.
Mavzuga doir: Termizda Lacetti va Matiz to‘qnashdi. Qurbonlar bor