Sophia Webster brendi tomonidan o‘zgacha dizaynga ega Chiara 85​ bosonojkalari taqdim qilindi. Elle nashrining yozishicha,​ brend mazkur model yaratilishida kapalak qanotlaridan ilhomlangan.

Foto: Elle

Yangi model monoxrom va neon ranglarida taqdim qilingan bo‘lib, ekzotik kapalak qanotini esga soladi. Qora charmdan ishlangan poyabzalga kapalak qanotidagi singari naqshlar tushirilgan bo‘lib​, bosonojka yurish emas uchishga mo‘ljallangandek tasavvur beradi.

Foto: Elle

Chiara 85 bosonojkalari narxi 691 dollarni tashkil qiladi.