Surxondaryo viloyatida uch nafar, Navoiy viloyatida bir nafar bemor butkul sog‘aydi. Surxondaryoda tuzalganlardan bir nafari Qoraqalpog‘istondan, bir nafari Samarqand va yana bir nafari Namangan viloyatidan. Ularning barchasi (erkaklar) 27-mart kuni Moskva—Termiz yo‘nalishida charter reys bilan kelgan va karantinga olingan edi. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Navoiyda tuzalgan bir nafar (erkak) bemor Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Har ikki viloyatdagi 4 nafar fuqaro orasida eng yoshi kattasi 39 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Buxoro viloyatida bir yo‘la 32 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Ularning 22 nafari viloyat ko‘p tarmoqli markazidan, 10 nafari yuqumli kasalliklar shifoxonasidan reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning 30 nafari Rossiyadan, bir nafari esa Turkiyadan charter reyslar orqali Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan edi. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan. Bir nafar bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiyani yuqtirib olgan.

Ulardan 28 nafari erkak, to‘rt nafari ayol. Bemorlarning olti nafari Andijon viloyatidan, besh nafari Toshkent viloyatidan, Qashqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlaridan uch nafardan, Surxondaryo, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahridan ikki nafardan, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan esa bir nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 74 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 15 yoshda.

Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 22 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Sog‘ayganlarning 19 nafari charter reys orqali Turkiyadan, bir nafari Misrdan va yana bir nafari Praga shahridan Farg‘onaga kelgan bo‘lib, karantinga olingan. Bir nafar farg‘onalik bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirgan.

Ulardan to‘qqiz nafari Toshkent shahridan, besh nafari Qashqadaryo viloyatidan, ikki nafari Toshkent viloyatidan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Andijon, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridan bir nafardan. Bemorlarning 10 nafari erkak, 12 nafari ayollar bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 49 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda.

Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasida 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Sog‘ayganlarning bir nafari Farg‘ona viloyatidan, to‘qqiz nafari Qoraqalpog‘istondan (yetti nafari Nukus shahridan bo‘lsa, Qo‘ng‘irot va Kegeyli tumanidan bir nafardan).

Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali mazkur infeksiyani yuqtirib olgan edi. Bemorlarning uch nafari erkak, yetti nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 42 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda.

Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida ikki nafar, Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlardan bir nafari (4 yoshli bola) Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Yana bir nafari (40 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lib, Rossiyadan charter reysda kelgan.

Xorazm viloyatida sog‘ayganlarning 15 nafari 2020-yil 22-mart kuni Rossiyadan charter reys bilan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Qolgan bir nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Ulardan 15 nafari erkak, bir nafari ayoldir. Bemorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatidan uch nafardan, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan ikki nafardan, Namangan, Buxoro, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan bir nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Shunday qilib, 25-aprel soat 15:50 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar soni 707 nafarni tashkil etmoqda. Ma’lumot uchun, mamlakat bo‘yicha jami aniqlangan kasallanish holatlari soni 1836 tani tashkil etmoqda, sakkiz nafar bemor vafot etgan.