Daryo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Mazkur tayinlovga qadar Erkin Hamroyev Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mita raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi

1 daqiqa o‘qish87 984 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: gk-usbekistan.de

O‘zbekiston Prezidentining 21-apreldagi qarori bilan Erkin Hamroyev O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik tomonidan ma’lum qilindi.

Foto: “gk-usbekistan.de”

Mazkur tayinlovga qadar Erkin Hamroyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mita raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. U mazkur lavozimga 2020-yilning 11 fevral kuni tayinlangan edi.

Erkin Hamroyev avvalroq O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn (Germaniya) shahridagi diplomatik vakolatxonasida bosh konsul bo‘lib ishlagan.

Avvalroq Farhod Arziyev O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Sherzod Asadov esa tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabarlar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar