Daryo

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1390 kishiga yetdi

Avvalroq 17-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1380 taga yetgani xabar qilingan edi

1 daqiqa o‘qish213 604 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 17-aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 10 kishiga oshib, 1390 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq 17-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1380 taga yetgani xabar qilingan edi.

O‘zbekiston so‘nggi bir sutka ichida koronavirusga chalinganlar soni 31 nafarga ko‘paydi. 16-aprelgacha kasallanish holatlari kuniga 100 dan oshayotgan edi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, 129 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiya olindi. Xorijda kamida 23 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan, ularning uch nafari vafot etgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar