Daryo

O‘qotar quroli bilan maqtangan samarqandlik fuqaro 12 sutkaga qamaldi

Fuqaro xatti-harakatiga izoh so‘rab borgan IIB xodimlariga bo‘ysunmay, ularning qonuniy talabiga qarshi chiqqan

1 daqiqa o‘qish75 476 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Orif Pardayev

Samarqandda o‘qotar quroli bilan maqtangan fuqaro 12 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand shahar ma’muriy sudi raisi Orif Pardayev ma’lum qilmoqda.

Foto: Orif Pardayev

Ijtimoiy tarmoqlarda qurol ko‘targan samarqandlik fuqaroning videosi tarqaldi. Videoda fuqaro mashinasidan o‘qotar quroli — pistoletini olib, otib ham ko‘rsatadi.

Aniqlanishicha, videodagi shaxs Samarqand shahrida yashovchi A.R. bo‘lib, qo‘lidagi o‘qotar quroli “MR-654K” pistoleti bo‘lgan. Video ikki yil ilgari suratga olingan. Ammo ijtimoiy tarmoqlarga bugun qo‘yilgan. Fuqaro videodagi xatti-harakatiga izoh so‘rab borgan IIB xodimlariga bo‘ysunmay, ularning qonuniy talabiga qarshi chiqqan.

Foto: Orif Pardayev
Ushbu holat Samarqand shahar Ma’muriy sudi tomonidan 16-aprel, payshanba kuni, ko‘rib chiqilgan. Va fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi 1-kismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan aybli deb topilib, 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Mavzuga doir:

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar