Daryo

Qashqadaryoda ham koronavirusga chalingan ikki bemor sog‘aydi

Sog‘ayganlardan biri 8 yoshli, ikkinchisi esa 56 yoshli fuqaro bo‘lib, har ikkisi ham Chiroqchi tumanidan

1 daqiqa o‘qish83 364 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: SSV matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, sog‘ayganlardan biri 8 yoshli, ikkinchisi esa 56 yoshli fuqaro bo‘lib, har ikkisi ham Chiroqchi tumanidan. Bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay tuzalganini ko‘rsatdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 896 nafarga yetdi. Koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 68 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.

Bundan tashqari, xorijda kamida 23 nafar o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning uch nafari (uchalasi ham AQShning Nyu-York shahrida) vafot etgan.

Mavzuga doir: Koronavirusdan sog‘aygan o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi: “Bu yomon kasallik ekan”

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar