Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida qor yog‘di. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Bobur Mamadiyorovga tayanib, “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
Bahor fasli bo‘lishiga qaramasdan Samarqand viloyati markazidan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan tumanda ayni paytda ham qor yog‘moqda.
Ta’kidlanishicha, qor 7-aprel kechki payt tuman markazidan 20 kilometr uzoqlikdagi Qovunchi qishlog‘ida yog‘a boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida ham qor yog‘gandi.
Izoh (0)