Daryo

Pokistondan 22 nafar o‘zbekistonlik maxsus reys bilan Toshkentga qaytarildi

Shuningdek, 128 nafar pokistonlik Pokiston xalqaro aviakompaniyasi (PIA)ning maxsus parvozi bilan vataniga qaytarildi

1 daqiqa o‘qish110 796 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Flickr

O‘zbekistondagi 128 nafar pokistonlik Pokiston xalqaro aviakompaniyasi (PIA)ning maxsus parvozi bilan 6-aprel, dushanba kuni vataniga qaytarildi. Bu haqda Pokistonning AAJTV nashri xabar bermoqda.

Foto: Flickr

Qayd etilishicha, xuddi shu reys orqali 22 nafar O‘zbekiston fuqarosi Pokistondan qaytarilgan.

O‘zbekistondan olib ketilgan pokistonliklar orasida mamlakatga qisqa muddatli vizalar bilan kelgan va COVID-19 avj olganidan keyin xalqaro reyslarning to‘xtatilishi sababli Pokistonga qaytib kela olmagan sayyohlar ham bor.

Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi o‘z fuqarolarining O‘zbekistonda bo‘lish bilan bog‘liq barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bergani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus sabab xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish 20-martdan boshlab 40 kun muddatga to‘xtatilgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar