Daryo

Uxanlik fuqaro shaharda hozirgi ahvol qandayligi haqida gapirib berdi

Aynan bugun ko‘chaga chiqqanimda haqiqatan ham ancha odam uyda o‘tirganini angladim, degan u

1 daqiqa o‘qish123 480 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Xitoyning COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlangan Uxan shahrida yashovchi Tagir Izmailov shahardagi ayni paytdagi vaziyat haqida gapirib berdi, deb xabar bermoqda RT.

Foto: Getty Images

Uning aytishicha, 8-aprelga qadar hamma ham metro xizmatidan foydalanish huquqiga ega emas. “Mobil telefoningizda karantin paytini hech qanday kasalliklarsiz o‘tkazganingizni, ya’ni virusdan xoli ekaningizni ko‘rsatuvchi profaylni ko‘rsatishingiz kerak”, — deydi u.

Uning ta’kidlashicha, shaharda hech kim niqobsiz yurmaydi, megapolisda hali ham ruxsatnoma asosida kirish-chiqish tizimi amal qilmoqda.

“Ya’ni shahar hali to‘liq ochilgani yo‘q, lekin bunga oz qoldi — 1 hafta… Aytish mumkinki, Xitoy mentalitetining o‘ziga xosligi hukumatga qo‘l keldi. Aynan bugun ko‘chaga chiqqanimda haqiqatan ham ancha odam uyda o‘tirganini angladim. 14 million aholiga ega shaharda 2 haftacha oldin atigi bir juft mashina, bir juft odam bor edi xolos”, — deydi Izmailov.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati shaharga kirish-chiqishni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 22-yanvar kuni yopib qo‘ygandi. Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash qo‘mitasi 25-mart kuni yarim tundan boshlab provinsiyaga kirish-chiqishda cheklovlar olib tashlanganini ma’lum qilgan. Faqat Uxan shahrigina hozircha bundan mustasno. Karantin rejimini 8-aprelda olib tashlash rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir: Xitoyda Uxanga qo‘yilgan transport cheklovlari qachon olib tashlanishi ma’lum qilindi

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi 29-mart kuni mamlakatda koronavirus infeksiyasining tarqalishi, umuman olganda, to‘xtatilganini e’lon qilgan. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizdan ortig‘i sog‘ayib ketdi. Ayni payda dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 937 ming kishidan oshdi, 47 mingdan ortiq kishi kasallikdan vafot etdi.

Mavzuga doir:Xitoyda koronavirus pandemiyasining cho‘qqisi ortda qoldi. Mamlakatdagi iqtisodiy faollik qayta tiklanmoqda

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar