Daryo

Xitoy o‘z hududida koronavirus epidemiyasi to‘xtaganini e’lon qildi

Mamlakatda koronavirus bilan kasallanish cho‘qqisi fevral oyi o‘rtalariga to‘g‘ri kelgan edi

1 daqiqa o‘qish241 780 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: UPI

Xitoy ichkarisida koronavirus infeksiyasining tarqalishini, umuman olganda, to‘xtatishga muvaffaq bo‘lindi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi rasmiy vakili Mi Fen ma’lum qildi.

Foto: UPI
Mining ta’kidlashicha, mamlakat ichkarisida koronavirusga chalingan va hali ham kasallikdan aziyat chekayotganlar soni uch ming kishidan oshmaydi.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizdan ortig‘i sog‘ayib ketdi

Kelgusida kasallik o‘choqlari qayta paydo bo‘lmasligi uchun hukumat yangi kasallanish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda izolyatsiya qilishni davom ettirmoqchi, deya qo‘shimcha qildi Mi.

COVID-19 ga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holatlar 2019-yil dekabri oxirida Uxan shahrida qayd etilgan edi. Oradan bir oy o‘tib bemorlar soni bir necha yuz kishiga yetdi, hukumat Uxan va yana bir necha qo‘shni shaharni karantinga yopdi. Cheklov choralarining aksariyati mart oyi davomida bekor qilindi.

Xitoyda jami 82 ming kishi koronavirusga chalindi, 3,3 ming bemor vafot etdi. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanish cho‘qqisi fevral oyi o‘rtalariga to‘g‘ri kelgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar