Daryo

Xitoyda koronavirus pandemiyasining cho‘qqisi ortda qoldi. Mamlakatdagi iqtisodiy faollik qayta tiklanmoqda

Xitoy hukumati sekin-asta jamoat transportlari, biznes va ishlab chiqarishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlamoqda

1 daqiqa o‘qish136 240 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi vakili Mi Fen 12-mart kuni mamlakatda koronavirus pandemiyasining eng yuqori cho‘qqisi ortda qolganini ma’lum qilgan edi. TJournal’ning yozishicha, mamlakatda iqtisodiy faollik qayta tiklanmoqda.

Foto: Reuters

Xitoy hukumati sekin-asta jamoat transportlari, biznes va ishlab chiqarishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlamoqda. 2003-yilda SARS virusi bilan bo‘lgani kabi koronavirus to‘lqini yana qaytarilmasligi uchun barcha choralar ko‘rilyapti.

Mamlakatdagi bizneslar o‘zi ishini qayta yo‘lga qo‘ymoqda. Xalqaro brendlar orasida birinchilardan bo‘lib Starbucks o‘ziga qarashli 85 foiz qahvaxonalar ishini 27-fevraldayoq yana ochib yuborgan.

Shuningdek, Apple, Hermes, IKEA va Uniqlo do‘konlari ham qayta ochilgan. Avtomobil ishlab chiqaruvchilar odatdagi ish rejimini boshlagan, biroq barcha xodimlarning tana harorati tekshirilmoqda va ularga niqobda yurish buyurilgan.

Ekspertlarning fikricha, Xitoyda COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etayotganlar sonini tezkorlik bilan amalga oshirilgan harakatlar, infeksiya o‘chog‘i bo‘lgan shaharlarni yopish va qattiq karantin rejimi sabab to‘xtatishga erishilgan. Mavzuga doir:  So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 13-mart kuni Xitoyda 11 kishi yangi turdagi COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 824 kishiga yetgan. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning salkam 78 foizi sog‘ayib ketgan.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar