Daryo

Donald Tramp amerikaliklarni oldinda kutilayotgan juda og‘ir ikki hafta haqida ogohlantirdi

AQSh prezidenti koronavirus bilan sodir bo‘layotgan vaziyatni AQSh shu kungacha duch kelgan qiyinchiklardan farq qilishini aytgan

1 daqiqa o‘qish127 190 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus tarqalishi sabab mamlakat aholisini juda qiyin ikki hafta kutib turgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda prezident Oq uyda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar beradi CNN.

Foto: Reuters

“Har bir amerikalik oldinda bizni kutib turgan qiyin kunlarga tayyorgarlik ko‘rib qo‘yishini istayman. Biz ikki haftada juda og‘ir damlarni bosib o‘tamiz”, — deydi Tramp. Keyinroq AQSh yetakchisi ushbu muddat uch haftaga uzayishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, u koronavirus bilan sodir bo‘layotgan vaziyatni AQSh shu kungacha duch kelgan qiyinchiklardan farq qilishini aytgan. Shunga qaramay Donald Tramp amerikaliklar yaqin vaqt ichida “tunnel oxiridagi yorug‘likka yetishlari”ga umid bildirgan.

Prezident administratsiyasi huzuridagi Viruslarga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh hisob-kitoblariga ko‘ra, AQShda o‘lim darajasi 100 mingdan 240 ming kishigacha yetishi mumkin. Ushbu ma’lumotlar ham brifing davomida e’lon qilingan. CNN’ning ta’kidlashicha, hukumat koronavirus oqibatida vafot etadiganlar sonini birinchi bor rasman taxmin qilgan.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, agarda AQSh aholisi hukumat tomonidan tavsiya etilgan cheklov choralariga rioya qilmasa, ushbu raqamlar o‘sishi mumkin.

Mavzuga doir: Tramp AQShning koronavirus pandemiyasidan tiklanishi taxminan qachondan boshlanishini aytdi

Avvalroq Tramp koronavirus oqibatida 200 ming amerikalikning o‘lishini “yaxshi” ssenariy deb atagan edi. AQSh allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi esa joriy yilning kuzida COVID-19 koronavirusining ikkinchi to‘lqini kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar