Daryo

O‘tgan bir sutka ichida AQShda koronavirus oqibatida 700 dan ortiq odam vafot etdi

Pandemiya boshlanganidan buyon butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 3774 kishiga yetgan

1 daqiqa o‘qish88 668 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

O‘tgan bir sutka ichida AQShda koronavirus oqibatida 770 kishi vafot etdi. Bu haqda federal va mahalliy hukumat tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarga tayanib, CNN xabar berdi.

Foto: Getty Images

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich mamlakatda bir kun ichida kuzatilgan eng yuqori o‘lim darajasidir. Pandemiya boshlanganidan buyon butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 3774 kishiga yetgan.

31-mart holatiga ko‘ra, AQSh koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa chiqib oldi. O‘lim darajasi eng yuqori ko‘rsatkichga ega davlatlar orasida Italiya — birinchi o‘rinda (12 428 kishi), undan keyin Ispaniya (8269) joy olgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 172 nafarga yetgan.

Mavzuga doir: AQShda koronavirusni bezgakka qarshi dorilar bilan davolashga ruxsat berildi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 12-mart kuni Umra safaridan Turkiya orqali qaytgan namanganlik ayolning koronavirusga chalingan 72 yoshli onasi 27-mart kuni tongda infarktdan vafot etgani, uning dafn marosimida birorta ham qarindoshi qatnashmagani haqida aytilgandi. Bundan tashqari, koronavirusning ikkinchi qurboni — Toshkentda vafot etgan 39 yoshli shifokor kasalligini yashirib, o‘zini uyda davolashga uringani xabar qilingan edi.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar