Heritage onlayn-auksionida Apple logotipi tushirilgan, korporatsiya xodimlaridan biriga tegishli bo‘lgan, kiyilgan krossovka sotildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Krossovka oq rangda, Apple belgisi—tishlangan olma esa turli ranglarda.

Tovar xususiyatlari sifatida oyoq kiyim 42-o‘lchamda, unda paypoq izlari qolgani, biroz dog‘lar borligi aytilgan.

Foto: “Korrespondent.net”

Bunday krossovkalar 90-yillarda korporatsiya ishchilariga berilgan. Ushbu krossovka auksionda 9 687 dollarga sotilgan.