Daryo

Foto: Devid va Viktoriya Bekxemning Mayamidagi 49 mln dollarlik pentxausiga sayohat

62 qavatdan iborat 200 metr balandlikdagi turar joy majmuasi qurilishi 2019-yilning oxirida yakunlangan

1 daqiqa o‘qish146 462 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hello

Olamda yuz berayotgan hodisalardan biroz chalg‘ib, taniqli shaxslar qanday yashashiga nazar tashlashga taklif qilamiz, deb yozadi Hello nashri.

Foto: Hello

Devid va Viktoriya Bekxem 2019-yilning yozida taniqli dizayner Zaha Xadid arxitektura byurosi tomonidan loyihalashtirilgan Mayamidagi One Thousand Museum turar joy majmuasidan uy sotib olgan edi.

62 qavatdan iborat 200 metr balandlikdagi bino qurilishi 2019-yilning oxirida yakunlandi, endilikda u Mayamidagi eng baland binolardan biri hisoblanadi. Uyning birinchi egalari allaqachon unda yashay boshladi. Internetda uy interyeri aks etgan suratlar tarqaldi. Bekxemlar oilasi ushbu majmuadan 49 million dollarlik pentxausni xarid qilgan.

Zaha Xadid loyihalashtirgan boshqa binolar kabi One Thousand Museum ham futuristik qayrilgan shaklga ega.  Turar joy majmuasida kvartiralarning bir qismi ikki qavatli, yana bir qismi ko‘p qavatli. Biroq ularning barchasida shaharning go‘zalligi ko‘rinib turishi uchun poldan shiftgacha oynavand devorlar bor.

Majmua tomida vertolyot maydoni mavjud. Shuningdek, majmuada yashovchilarga infiniti-basseyn, bar, spa salon, sauna, sport zali hamda go‘zallik salonlari xizmat ko‘rsatadi.

Foto: Hello
Foto: Hello
Foto: Hello
Foto: Hello
Foto: Hello
Foto: Hello
Foto: Hello
Foto: Hello
Foto: Hello
Foto: Hello
Foto: Hello
Foto: Hello

Mavzuga doir: Foto: Diana Kryuger va Norman Ridusning Los-Anjelesdagi 8,5 mln dollarlik koshonasi bo‘ylab ekskursiya

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.