Amerikalik taniqli aktyor Norman Ridus hamda uning tumush o‘rtog‘i Diana Kryuger Los-Anjelesdagi Chateau Marmont mehmonxonasi yaqinidan 8,5 million dollarga koshona sotib oldi. Hello nashri ushbu juftlikka tegishli uy bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi.

Foto: Hellomagazine

Ta’kidlanishicha, koshonaning egalari avvaliga uni 13 million dollarga sotmoqchi bo‘lgan.

1920-yillarda qurilgan uy to‘rt qavatli bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan o‘rta asrlarga oid qasrlarni yodga soladi. Umumiy maydoni 718 metr kvadrat bo‘lgan uyda 4 ta yotoqxona, 5 ta yuvinish xonasi va yana ikkita qo‘shimcha sanuzel mavjud. Qavatlar soni ko‘pligi sabab arxitektorlar ikki darajali oshxona va mehmonxonani yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Yuqoriga ko‘tarilib, sportzalga, uy kinoteatri, shaxsiy ovoz yozish studiyasi hamda kutubxonaga duch kelish mumkin.

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Hovlining o‘rtasida ovalsimon basseyn, o‘rindiqlar, daraxtlar ostida belanchaklar, barbekyu uchun alohida zona joylashgan. Uyning tashqi tomonida joylashgan balkonlar tabiat go‘zalligidan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Foto: Hellomagazine

Eslatib o‘tamiz, 43 yoshli Kryuger hamda 51 yoshli Ridus qiz farzandini dunyoga keltirishidan yarim yil oldin Nyu-York markazidan kvartira sotib olishgan edi.

Diana Kryuger 2018-yilning 2-noyabrida birinchi bor ona bo‘lgan. Ota-ona hamon qizning ismini sir tutib kelishmoqda. 2019-yilning yanvarida Diana va Norman paparatsiyaga murojaat qilib, o‘zlarining shaxsiy hayotlarini hurmat qilishlari va qizini suratga olmasliklarini so‘ragan. Shunga qaramay muxbirlar ularning ortidan “quvish”ni davom etmoqda. Barchasidan bezor bo‘lgan ona aprel oyida birinchi bor qizini dunyoga ko‘rsatgan edi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Diana shaxsiy hayoti haqida intervyu ham bergan.

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine

Foto: Hellomagazine