Daryo

Lionel Messi koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln yevro ajratdi

Pullar koronavirusga qarshi kurashda kerak bo‘ladigan tibbiyot anjomlari va himoya vositalari sotib olishga sarflanadi

1 daqiqa o‘qish42 850 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi koronavirusga qarshi kurash uchun 1 million yevro ajratdi.

Foto: Getty Images

Mundo Deportivo nashrining xabar qilishicha, xayriya qilingan pullar Barselonadagi shifoxona va Messining vatani Argentinadagi tibbiyot markaziga bo‘lib beriladi.

Pullar koronavirusga qarshi kurashda kerak bo‘ladigan tibbiyot anjomlari va himoya vositalari sotib olishga sarflanadi. Mavzuga doir:  25-mart holatiga Ispaniyada COVID-19 virusini yuqtirib olganlar soni 42 mingdan oshdi. 2900 nafardan oshiq odam vafot etgan. Argentinada esa 387 ta koronavirusga chalinish holati qayd qilingan, qurbonlar soni 6 nafarni tashkil etmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar